AsosiyJamiyat

Toshkentdagi Inha universiteti qancha talaba qabul qilishi ma`lum bo`ldi

Janubiy Koreyaning Toshkentda ochilayotgan Inha universiteti filiali birinchi yili qancha talaba qabul qilishi ma`lum bo`ldi.

Podrobno.uz nashrining xabar berishicha, bu yil horij universiteti 150 nafar talaba qabul qiladi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar bergan.

Bundan tashqari, yangi universitetda dars beradigan o`zbekistonlik o`qituvchilarni saralash ishlari ham hozirdan boshlab yuborilgan. Universitetdagi maxsus fanlarni esa Janubiy Koreyadan tashrif buyuradigan o`qituvchilar olib borishadi. Universitetda ta`lim ingliz tilida bo`ladi. 

Eslatib o`tamiz, universitet ilk talabalarini 2014/2015 o`quv yili uchun 1 oktyabr kuni qabul qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar