1

Janubiy Koreyada bortida maktab o`quvchilari bo`lgan kema cho`kmoqda (yangilandi)

Dunyo 16.04.2014, 10:06
Janubiy Koreyada bortida maktab o`quvchilari bo`lgan kema cho`kmoqda (yangilandi)

Janubiy Koreya sohillarida halokatga uchragan kemadan 338 nafar yo`lovchi qutqarib olindi. Bu haqda Reyter axborot agentligi xabar bermoqda.

ITAR-TASS axborot agentligining xabar qilishicha, kema bortida 450 nafar yo`lovchi hamda ekipaj a`zolari bo`lgan. Hozirda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Yo`lovchilardan 320 nafari maktab o`quvchilaridir. Ular Chedjudo oroliga sayyohat uchun yo`l olishgan edi.  Sohil qo`riqlash xizmati odamlarni qutqarish uchun voqea joyiga vertolyot hamda patrul katerlarini yuborgan.

Kema Inchxon portini seshanba kuni tark etgan va bugun Chedjudo oroliga kelishi kerak edi. Yo`lovchi kema mahalliy vaqt bilan 08:58 da halokat haqida signal jo`natgan. Hozirda kema Penpundo orolidan 20 km uzoqlikda bo`lib turibdi.  

10:00. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Janubiy Koreya respublikasi prezidenti Pak Kin Xe barcha kuch va vositalarni halokatga uchragan kema yo`lovchilari va ekipaj a`zolarini qutqarishga jalb qilishni buyurdi. Renxap nashrining xabar berishicha, hozirga kelib voqea joyida bir kishining jasadi topilgan.

11:10. RIA axborot agentligining xabar qilishicha, halokatga uchragan kemaning 370 nafar yo`lovchisi qutqarilgan,  3 kishining jasadi topilgan, 107 kishining taqdiri esa noma`lumligicha qolmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1