Qozog`iston qutqaruv xizmati vakili Ruslan Imankulov dastlabki brifingda yong`in sabablari haqida gapirdi.
Uning so`zlariga ko`ra, yong`in sabablari borasida hozircha aniq xulosa aytish qiyin, bu ekspertlar ko`rigidan keyin ma`lum bo`ladi.
Aqto`be viloyati Favqulodda vaziyatlar departamentining dastlabki xulosasiga ko`ra, avtobus yonib ketishiga uning texnik nosozligi sabab bo`lgan. Aniqrog`i elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo`lgan. Undan tashqari avtobusga me`yoridan ortiq odam mingani va yuk ortilgan bo`lgan.
Eslatib o`tamiz, Aqto`be viloyatining Irgiz tumanida bugun ertalab soat 10:30 da 57 kishi mingan yo`lovchi avtobus yonib ketdi. Yo`lovchilardan 52 kishi qurbon bo`ldi. Qozog`iston FVV xabariga ko`ra, ularning barchasi O`zbekiston fuqarolari.