1

Hukumat komissiyasi Qozog`istonga uchib ketdi

Jamiyat 19.01.2018, 09:42
Hukumat komissiyasi Qozog`istonga uchib ketdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga ko`ra tashkil etilgan maxsus Hukumat komissiyasi avtobus yonishi natijasida 52 nafar fuqarolar halok bo`lishi va 5 nafari jabrlanishi bilan bog`liq vaziyat yuzasidan 2018 yilning 18 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi FVVning bortida Toshkent shahridan Oqto`be shahriga (Qozog`iston) uchib ketdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Oqto`be viloyatiga uchib ketgan guruh tarkibiga tashqi ishlar vazirligi, favqulodda vaziyatlar vazirligi, ichki ishlar vazirligi, sog`liqni saqlash va boshqa idoralarning vakillari kiritilgan.

Avval xabar berganimizdek, Maxsus Hukumat komissiyasiga Qozog`iston vakillari bilan hamkorlikda sodir bo`lgan favqulodda vaziyat sabablarini o`rganish, O`zbekiston fuqarolarining shaxsini aniqlash vazifalari topshirildi.

Shuningdek, komissiyaga halok bo`lganlar va jabrlanganlarni Vataniga olib kelish, ularning oilasiga barcha zarur bo`lgan yordamni ko`rsatish vazifasi yuklatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1