AsosiyJamiyat

Qozog`istonda yongan avtobus ichidan qurbon bo`lganlar tanasi tanasi chiqarib olindi

'Qozog`istonda yongan avtobus ichidan qurbon bo`lganlar tanasi tanasi chiqarib olindi'ning rasmi

Yonib ketgan avtobus saloni ichidan halok bo`lgan fuqarolarning tanalarini olib chiqish ishlari davom etmoqda, ayni vaqtgacha 44 kishi jasadi olib chiqilgan, deb xabar qildi Aqto`beda o`tgan brifingda Qozog`iston Ichki ishlar vaziri o`rinbosari Erlan Turgumbaev.

Yo`lovchilar shaxsi aniqlanmoqda. Ular orasida O`zbekiston hamda Qozog`iston fuqarolari bo`lgan. Haydovchi jon saqlab qolgan. U avariya qisqa o`t chatnashi tufayli sodir bo`lgan bo`lishi mumkinligi haqida so`zlab bergan. Yuz bergan hodisa yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Turgumbaevning so`zlariga ko`ra, yong`in avtomashina salonida bo`lgani tufayli tanalar tanib bo`lmas darajaga kelib qolgan. Shu bois, ularni ayni vaqtda Aqto`be shahridagi morgga olib kelib, 19 yanvar kuni shaxsini aniqlash va tanib olish ishlari boshlab yuborilishi ma`lum qilindi.

Eslatib o`tamiz, Qozog`istondan Rossiyaga yo`l olgan avtobusda yuz bergan yong`in jqibatida 52 kishi haloq bo`ldi, besh nafar kishi jabrlangan.


Boshqa yangiliklar