AsosiyDunyo

Qozog`iston ichki ishlar vazirligi Aktyubinsk viloyatida yuz bergan fojiali hodisaning sabablari haqida ma`lumot berdi

'Qozog`iston ichki ishlar vazirligi Aktyubinsk viloyatida yuz bergan fojiali hodisaning sabablari haqida ma`lumot berdi'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasi ichki ishlar vaziri Erlan Turgumbaevning ta`kidlashicha, avtobus yo`l-transport hodisasiga uchramagan, jinoiy faoliyat izlari ham yo`q.

Bu ko`proq baxtsiz hodisaga o`xshaydi, deya iqtibos keltirgan “Kazinform” axborot agentligi Erlan Turgumbaevning so`zlaridan.

Omon qolganlarning ko`rsatmalariga qaraganda, yong`in avtobus salonida kelib chiqqan. Salonda dastlab zaharli tutun tarqala boshlagan va bu yo`lovchilarning gazdan zaharlanishga olib kelgan.

Eshiklar ochilishi bilan salonga kislorod kirgan va avtobus ichidan portlagan, deya taxmin qilgan Qozog`iston Respublikasi ichki ishlar vaziri.

Qolaversa, avtobusning birinchi qavatida yuklarning ko`pligi tepada o`tirgan yo`lovchilarning zudlik bilan tashqariga chiqishiga to`sqinlik qilgan bo`lishi ham mumkinligi aytilgan.

Boshqa yangiliklar