Avval ma`lum qilinganidek, 18 dekabr kuni Qozog`istonning Aqto`be viloyatida avtobus noma`lum sabablarga ko`ra yonib ketdi.
Ma`lum qilinishicha, bugun juma ma`ruzasidan so`ng Qozog`istonning barcha masjidlarida halok bo`lgan o`zbekistonlik uchun Qur`on tilovat qilinib, duo qilinadi. Qozog`iston musulmonlari idorasi raisi, bosh muftiy Serikboy O`raz hoji bu haqida viloyat vakilliklariga ko`rsatma bergan. Bu haqda idoraning bosh kotibi ma`lum qildi.






