Payshanba kuni Qozog`istonning Oqto`ba viloyatida avtobusda chiqqan yong`in oqibatida halok bo`lganlarning jasadlarini o`rgangan oqto`balik shifokorlar ularni termik kuyish tufayli qurbon bo`lgan degan xulosaga keldi. Bu haqda “Kazinform” axborot agentligi xabar qildi.
“Biz kechasi bilan ishladik, o`limga olib kelgan sabablarni aniqlash maqsadida jasadlar autopsiyasini o`tkazdik. Patalogoanatomik o`rganishlar odamlar bo`g`ilishdan emas, termik kuyishdan halok bo`lganini ko`rsatdi”, degan sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i Aset Kaliev.






