AsosiyDunyo

Xitoylik ayol gapiga quloq solmagan o`g`lini skuterning orqasiga bog`lab shahar bo`ylab sazoyi qildi

'Xitoylik ayol gapiga quloq solmagan o`g`lini  skuterning orqasiga bog`lab shahar bo`ylab sazoyi qildi'ning rasmi

Xitoyning janubiy-g`arbiy qismida joylashgan Yunnan provinsiyasida yashaydigan ayol bezorilik qilib, gapiga quloq solmagan o`g`lini skuterning orqasiga bog`lab, shahar bo`ylab sazoyi qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Ayolning aytishicha, u o`g`lini tarbiyalash maqasadida ikki-uch kundan beri transport vositasining orqasiga qo`lini bog`lagan holda shahar aylantirib yurgan. Mazkur holatni tomoshatalab odamlar videoga ham olishgan.

Unda bolaning yurishni istamay, erga yotib olib yig`layotganligini ko`rish mumkin. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ayolni keskin tanqid qilib, bolaning ruhiy holati buzilganligini qizg`in muhokama etishdi.

    Boshqa yangiliklar