AsosiyJamiyat

Avtobusda yonib ketganlarning o`limi bo`yicha tibbiy ekspertiza xulosasi berildi

'Avtobusda yonib ketganlarning o`limi bo`yicha tibbiy ekspertiza xulosasi berildi'ning rasmi

Oqto`ba viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i Aset Kaliev Irgiz tumanida yonib ketgan avtobusda halok bo`lganlarning o`limi yuzasidan tibbiy xulosani aytdi. Bu haqda “Xabar.uz ma`lum qildi.

— Biz tuni bilan halok bo`lganlarning o`limi sabablarini o`rgandik. Tadqiqotlar natijasiga ko`ra, odamlar tutundan bo`g`ilib emas, termik kuyish oqibatida vafot etgan. Biz o`z ishimizni yakunladik. Endilikda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ishni davom ettirishlari mumkin.

Avval xabar berganimizdek, avtobusda 57 nafar fuqaro bo`lgan. Ulardan 52 nafari vafot etgan. 5 nafari esa avtobus ichidan chiqib qolishga ulgurgan. Ularning uch nafari Qozog`iston fuqarosi, ikki nafari esa O`zbekiston fuqarosi bo`lgan. Yuz bergan hodisa munosabati bilan «tezkor liniya»lar ishga tushirildi.

Boshqa yangiliklar