Janubiy Afrikada o`suvchi “pul daraxti” deb nomlanuvchi o`simlik Moskvadagi MDU ning “Apteka tomorqasi” botanika bog`ida gulladi, deb xabar berdi Moslenta.ru nashri.
Mazkur daraxtning qishda gullashi juda noyob hodisadir. “Pul daraxti” bundan tashqari, do`stlik va omad daraxti ham deb yuritiladi. Unga ko`p miqdorda yorug`lik kerak, u o`zidan-o`zi gullayvermaydi.
Daos fenshuy amaliyotiga ko`ra, “pul daraxti”ning gullashi katta omad va daromad olib keladi. Bu noyob hodisani tomosha qilish uchun moskvaliklar botanika bog`iga tashrif buyurishmoqda.






