AsosiyDunyo

Yarim milliard dollarni o`g`irlashda ayblangan bankir Monakoda qo`lga olindi

'Yarim milliard dollarni o`g`irlashda ayblangan bankir Monakoda qo`lga olindi 'ning rasmi

Firibgarlikda ayblangan rossiyalik bankir, “Investorgbank”ning sobiq prezidenti, ilgari qidiruv e`lon qilingan Vladimir Gudkov Monakoning Lojuvard sohilida qo`lga olindi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Tergov bergan ma`lumotlarga ko`ra, qo`lga olingan bankir ipoteka operasiyalari bo`yicha brokerlik xizmatini ko`rsatuvchi tashkilotlar va banklar bilan oldi-sotdi shartnomalarini tuzgan. Ular oldindan bank hisob raqamiga 500 million rubl mablag` o`tkazishgan. Mazkur shartnomalarni amalga oshirish davomida noqonuniy operasiyalar o`tkazilgan.

Ayni paytda qo`lga olingan bankirni Rossiyaga ekstradasiya qilish masalasi ko`rib chiqilmoqda.

    Boshqa yangiliklar