Ispaniyada dam olayotgan britaniyalik erkak ustiga 95 kilogrammli bola yiqilgandan so`ng, sayohatni tashkil etgan turistik kompaniyani sudga berdi, deb xabar qildi lenta.ru nashri.
Voqea 2017 yilning iyun oyida ro`y bergan edi. 44 yoshli Grem Xayd (Graham Hyde) rafiqasi va 8 yoshli qizi bilan to`ylari bo`lgan sanani nishonlash uchun Barselona shahriga sayohat qilishgan edi. Ular akvaparkda dam olishayotganda basseynga sakramoqchi bo`lgan bola Xaydning ustiga qulagan.
Kuchli zarbadan Xaydning orqa miyasi chayqalgan. Shundan keyin u bo`yniga maxsus fiksator taqib yurishga majbur bo`lgan. Xayd hamon olgan tan jarohatida aziyat chekmoqda. Shu tariqa yaxshi niyat bilan amalga oshirilgan sayohat kutilgan antijani bermagan. Bo`lib o`tgan voqeada Xayd bolani emas, turistik firmani ayblamoqda. “Ta`tilim ko`ngilxiralik bilan yakunlandi, kompaniya esa hamon o`z aybini tan olmayapti. Hech bo`lmaganda uzr so`rashsa bo`lardi”, dedi Xayd.
Xaydning advokati Magdalena Knezning aytishicha, akvapark yonida hech qanday ogohlantiruvchi belgi qo`yilmagan. Bu esa turli muammolarni keltirib chiqarar ekan.






