Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi kollej o`qituvchilaridan biri imtihon testida talabalarga fotosuratlarini namoyish qilib, o`zini tanib olishlarini va ismini yozishlarini talab qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
O`qituvchi ko`p dars qoldirgan talabalarni shu usul bilan jazolamoqchi bo`ldi. U mazkur usul orqali talabalarning o`qishga bo`lgan munosabatini ham aniqlamoqchi bo`lgan. Bunday noan`anaviy usul ilk bora qo`llangan.
Imtihonda ishtirok etgan talabalar o`qituvchining bunday imtihon olishini ijtimoiy tarmoqlarda qizg`in muhokama etishdi. Ularning ba`zilari bunday imtihon topshirish qiziqarli va oson bo`lganligini bildirgan bo`lsa, ba`zilar uni “axmoqgarchilik” deb atagan.






