1

1 fevraldan poytaxt bog`chalariga tayyor ovqatlar etkazib beriladi

Jamiyat 19.01.2018, 17:04
1 fevraldan poytaxt bog`chalariga tayyor ovqatlar etkazib beriladi

Lekin, hammasiga emas. Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan tajriba sifatida bir nechta maktabgacha ta`lim muassasasi tanlab olingan. Tadbirkorlik sub`ektlarining ham sifat talablariga va sanitariya-gigiena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni bog`chalarga etkazib berishdagi takliflari o`rganilmoqda.

Tayyor ovqat bog`chaga qanday tartibda etkaziladi? Bu savolga vazirlikning maktabgacha ta`lim muassasalarida sog`lom ovqatlantirishni tashkil etish bo`limi bosh mutaxassisi Aziz Aliev shunday javob berdi:

– Aslida bu amaliyot dunyoning ko`plab mamlakatlarida bor. Bizda tajriba tariqasida Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga tadbirkorlik sub`ektlari bilan tegishli talablarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni etkazib berish to`g`risida to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.

Tayyor ovqatlar maktabgacha ta`lim muassasida bolalarning ovqatlanish soatlari tartibiga qarab issiq etkaziladi. Har bir jo`natma, ovqat tarkibi, sifati, porsiyasini vazirlik tuzgan komissiyalar nazorat qilib boradi. Shuningdek, tayyor ovqatlar bir martalik ishlatiladigan maxsus idishlarda har bir bola uchun alohida qadoqlangan bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1