1

Fojia qurbonlari oilalariga ijtimoiy yordam ko`rsatilmoqda

Jamiyat 19.01.2018, 17:30
Fojia qurbonlari oilalariga ijtimoiy yordam ko`rsatilmoqda

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan e`lon qilingan dastlabki ro`yxatga ko`ra, 2018 yil 18 yanvar kuni Qozog`istonning Aktyubinsk viloyatida yuz bergan avtobus yong`inida halok bo`lganlarning 29 nafari va jabrlanganlarning 2 nafari Namangan viloyatidan, jumladan, 23 nafari To`raqo`rg`on, 8 nafari Kosonsoy tumanidan safarga chiqqan fuqarolar ekani ma`lum bo`ldi.

Shu munosabat bilan viloyat hokimi rahbarligida viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari, favqulodda vaziyatlar, sog`liqni saqlash boshqarmalari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo`limi kabi bir qator davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi komissiyasi tuzildi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, viloyat ishchi komissiyasi tomonidan mazkur tumanlarda fojia qurbonlarining oilaviy sharoitini o`rganish, oila a`zolariga tibbiy-psixologik va moddiy yordam ko`rsatish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1