AsosiyJamiyat

Namanganda fojia qurbonlari xonadonlariga ta`ziya bildirildi

'Namanganda fojia qurbonlari xonadonlariga ta`ziya bildirildi'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi o`rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Ortiqbek Yusupov, Islom sivilizasiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va viloyat bosh imom-xatibi Abdulhay Tursunovdan iborat bir guruh mutasaddilar Qozog`istonda halok bo`lgan o`zbekistonliklarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning oila a`zolariga Prezidentning hamdardligi va ta`ziyalarini bildirdi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi ma`lum qildi.

Ushbu mutasaddilar mash`um fojiada vafot etgan hamyurtlarning haqlariga duolar qilib, Yaratgan Parvardigordan ularning solih amallarini o`zlariga hamroh qilishini, gunohlarini mag`firat etishini, yotgan joylari jannat bog`laridan bir bog` bo`lishini so`radi.

Ulamolar va mas`ullar halok bo`lganlarning oila a`zolari hamda yaqinlarining musibatlariga sherik ekanlarini aytib, respublikaning barcha masjidlarida juma namozlarida duolar qilingani va madrasalarda xatmi Qur`onlar o`qilayotganini bildirdi.

Mana shunday qayg`uli kunlarda mutasaddilar doimo hamroh bo`lib, har qanday yordamga tayyor ekanliklarini izhor qildi.

Boshqa yangiliklar