1

Toshkent shahar hokimligida «Raqamli ofis» ishga tushiriladi

Jamiyat 20.01.2018, 09:12
Toshkent shahar hokimligida «Raqamli ofis» ishga tushiriladi

Seul shahri meriyasi delegasiyasi Prezidentning Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Delegasiya Xalq qabulxonasida davlat xizmatlarini taqdim etish, fuqarolar murojaatlarini ko`rib chiqish jarayoni, aholi uchun yaratilgan sharoitlar, shikoyat va arizalar ijrosini nazorat qilish mexanizmi bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlarga murojaatchilarni ro`yxatga olish, navbatni tashkil etish va murojaatlar bilan ishlash bo`yicha dastur haqida atroflicha ma`lumot berildi.

— O`zbekiston bilan Janubiy Koreya o`rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo`yicha kelishuvlar doirasida Toshkent shahar hokimligida «Raqamli ofis», fuqarolar murojaatlarini ko`rib chiqish va o`rganish, davlat xizmatlarini taqdim etish bo`yicha tizimlarni tatbiq qilish ko`zda tutilgan. Xalq qabulxonasi bilan tanishish asnosida uning faoliyatini takomillashtirish, jumladan, murojaatlar bilan ishlashning elektron tizimini yanada rivojlantirish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi, — deydi Seul meriyasi davlat xizmatlari ko`rsatish bo`limi rahbari Sung Geo Park.

Delegasiya a`zolari, shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligida bo`lib, «Hudud» avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Mirzo Ulug`bek tumani hokimligi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun yaratilayotgan «Obod uy» dasturi, 1055 xizmatida AKT joriy etilganini o`rgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1