Qoraqalpog`istonda gaz kondensatining yangi yirik zaxiralari topildi

Jamiyat 20.01.2018, 09:17
Qoraqalpog`istonda gaz kondensatining yangi yirik zaxiralari topildi

2018 yil nafaqat O`zbekiston neft-gaz tarmog`i, balki butun mamlakat uchun ham muhim voqeadan boshlandi: Qoraqalpog`istondagi Ustyurt platosida joylashgan Quyi Surg`il maydonida gaz kondensatining yangi yirik zaxiralarini ochishga erishildi. Bu haqda «O`zbekneftegaz» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarining «O`zbekiston Respublikasining neft va gazga boy Ustyurt mintaqasida geologik qidiruv ishlarini kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori ushbu konni razvedka qilishga yangi turtki berdi. Shunga muvofiq «O`zbekgeofizika» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari Ustyurt platosida uglevodorodlarni qidirish ishlarini kengaytirdi.

Mintaqadagi og`ir sharoitlar va havo harorati tez-tez o`zgarib turishiga qaramay, mutaxassislar 1-sonli burg`ilash minorasini o`rnatdi va birinchi quduqni ochishga kirishdi. Tadqiqotchi-geologlarining taxminlari tasdiqlandi — quduqdan ilk tabiiy gaz chiqa boshladi.

O`tkazilgan kon-geofizika ishlari tufayli joriy yil yanvar oyi boshlarida 3 600 metr chuqurlikda gaz va kondensatning sanoat hajmlaridagi zaxiralarini topishga erishildi.

Yaqin vaqt mobaynida mutaxassislar tomonidan uglevodorodlar zaxiralari o`sishini baholash ishlari bajariladi va Quyi Surg`il konida geologik qidiruv ishlarning yangi yo`nalishlari yuzasidan takliflar tayyorlanadi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1