O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi 2018 yilda joriy “7 raqamli” telefon raqamlari tizimidan “9 raqamli” tizimga o`tishni rejalashtirmoqda.
Ushbu o`zgarishlar xalqaro elektraloqa ittifoqi taklifi va RH 45-101:2013 raxbariy xujjati asosida amalga oshiriladi.
Xo`sh, ushbu o`zgarishlar natijasida nima o`zgaradi. Xozirda siz shaxar telefoni orqali Toshkent shaxrida joylashgan abonentga qo`ng`iroqni amalga oshirish uchun misol tariqasida 245-45-45 raqamlari tergan bo`lsangiz, ushbu o`zgarishlardan so`ng esa 71-245-45-45 tarzida raqam terilib qo`ng`iroq amalga oshiriladi.
Mobil telefoningiz orqali xam xuddi shu tartib amal qiladi. Abonent raqamini to`liq terilgan xolatda esa (+99871 245-45-45) odatiy tarzda qo`ng`iroq amalga oshiriladi.






