Avstraliyada ochiq dengizda cho`kayotgan ikk nafar o`smir dron (uchuvchisiz uchadigan samolyot) yordamida qutqarib qolindi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Bu ilk marotaba dron yordamida odamlarni qutqarish amaliyoti bo`ldi. Qutqaruvchilar akula hujumiga qarshi dastur doirasida sinovlar o`tkazishga tayyorlanishayotganda, cho`kayotgan serfingchilar haqida signal kelib tushdi. Shundan keyin qutqaruvchilar cho`kayotganlarni qutqarish dron yordamida maxsus qutqaruv vositalarini yuborishdi.
Qutqaruv operasiyasi dronga mahkamlangan kamera yordamida suratga olindi. Unda dronning bollarga maxsus qutqaruv vositalarini tashlayotganligini ko`rish mumkin.






