AsosiyJamiyat

Ish beruvchilar homiladorlik va tug`ruq bo`yicha nafaqani o`z hisoblaridan to`lashda davom etadi

'Ish beruvchilar homiladorlik va tug`ruq bo`yicha nafaqani o`z hisoblaridan to`lashda davom etadi'ning rasmi

Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan 2010 yilda joriy etilgan ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug`ish bo`yicha nafaqalarni to`lash tartibi uzaytirildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Ma`lumot uchun: xodima homiladorlik va tug`ish ta`tilining butun davri mobaynida nafaqa olish huquqiga ega. U jami 126 (tug`ish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tug`ilgan hollarda – 140) kalendar kunni tashkil etadi.

Homiladorlik va tug`ish bo`yicha nafaqa xodimaning to`liq ish haqi miqdorida to`lanadi. Biroq ayol yana ishga qabul qilingan yoki bir yildan ortiq tanaffusdan keyin ishga chiqqan bo`lsa, nafaqa miqdori tabaqalashtiriladi.

Nafaqani hisoblab chiqarish qoidalari Davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha nafaqalar tayinlash va to`lash tartibi to`g`risidagi nizomda bayon etilgan.

2010 yilgacha nafaqa byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi mablag`lari hisobidan to`langan. O`shanda korxonalar tuman (shahar) ijtimoiy ta`minot bo`limlariga tegishli mablag`larni olish uchun buyurtmanomalar taqdim etganlar.

2010 yil 1 yanvardan boshlab tartib o`zgardi – ishlovchi ayollarga nafaqalarni ish beruvchilar o`z mablag`laridan (byudjet tashkilotlarida – byudjet mablag`laridan) to`laydilar. Ushbu tartib yana bir yil – 2019 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.

    Boshqa yangiliklar