AsosiyJamiyat

2018 yilda namunaviy loyihalar asosida 22 mingtadan ko`proq arzon uy barpo etiladi

'2018 yilda namunaviy loyihalar asosida 22 mingtadan ko`proq arzon uy barpo etiladi'ning rasmi

Joriy yilda 22 ming 145 ta ko`p qavatli kvartira va uy-joy qurilishi mo`ljallanmoqda. Bunda 16 ming 246 ta ko`p qavatli kvartira va uy-joy kam ta`minlangan oilalarga beriladi, deb xabar berdi O`zA.

Yosh oilalar uchun 658 ta ko`p qavatli kvartira, Ichki ishlar vazirligi vakillari uchun 900 ko`p qavatli uylar, davlat tashkilotlarida ishlovchilar uchun 974 ta, profilaktika nozirlariga 1 ming 174 uy-joy, Mudofa vazirligi vakillari uchun 1 ming 260 ta, harbiy xizmatchilar uchun 50 ko`p qavatli kvartira, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilariga 468 ta, milliy armiya xizmatchilariga 468ta uy-joy beriladi.

Mazkur qurilish ishlari uchun 4 trilliondan ko`proq mablag` yo`naltiriladi

Eslatib o`tamiz, 2017 yilda arzonlashtirilgan uy-joylarning 1 va 2 toifalari uchun boshlang`ich mablag`lar 25 foizdan 15 foizgacha tushirildi.

O`tgan yili dastur asosida 25,5 mingta uy-joy qurilishi rejalashtirilgan edi.

Xususan, 19 mingta uy-joy qurilib, egalariga berildi. Jumladan, uy-joyga muhtoj va kam ta`minlangan oilalar uchun 19,5 mingta uy-joy, harbiy xizmatchilar uchun 56 ko`p qavatli uylar, davlat tashkilotlari vakillari uchun 974 ta, profilaktika nozirlariga 3 ming 829 ta uy-joy ajratildi.

Mazkur uy-joylarning qolgan qismi joriy yilning birinchi choragiga qadar egalariga topshirilishi kutilmoqda.

Bu uy-joylarni qurish uchun 3 trillion 350 milliarddan ko`proq mablag` yo`naltirildi. Mazkur turar joy massivlarida 440 kilometr suv tarmoqlari, 340 kilometr elektr, 330 kilometr gaz tarmoqlari, 291 kilometr avtomobil yo`llari qurildi. 134 ta infratuzilma barpo etildi.

    Boshqa yangiliklar