1957 yilda “Oskar” mukofotiga sazovor bo`lgan, 93 yoshli aktrisa Doroti Meloun vafot etdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Meloun o`zi tug`ilib o`sgan Dallas shahrida, 94 yoshga to`lishiga oz fursat qolganda vafot etdi. Meloun o`zining aktrisalik faoliyati davrida Xamfri Bogart, Loren Bekoll, AQShning sobiq, qirqinchi prezidenti Ronald Reygan kabi mashhur yulduzlar bilan filmlarda suratga tushgan. “Asosiy sezgi” (“Osnovnoy instinkt”) filmi uning so`nggi filmi bo`lib, Maykl Duglas va Sheron Stounlar bilan birga rol o`ynagan edi.






