AsosiyDunyo

London aeroportida parvoz oldidan mast uchuvchi qo`lga olindi

'London aeroportida parvoz oldidan mast uchuvchi qo`lga olindi'ning rasmi

London aeroportida bortida uch yuz nafar yo`lovchi bo`lgan samolyot uchuvchisi parvoz oldidan mast holda qo`lga olindi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Voqea Gatwick aeroportida ro`y berdi. Mavrikiya sari parvoz qilishi lozim bo`lgan 2063 sonli reys uchuvchining mastligi tufayli bekor qilindi. Yo`lovchilar British Airways kompaniyasi uchuvchisining o`zini g`alati tutishidan shubhalanib, huquq-tartibot idorasi xodimlariga qo`ng`iroq qilishdi. Polisiyachilar samolyot parvoz qilishidan atigi bir necha daqiqa ilgari kelib, mast uchuvchini qo`lga olishdi.

Mazkur voqeadan keyin samolyot parvozi ikki soatga kechikdi.

    Boshqa yangiliklar