AsosiyDunyo

Kanadada selfi yordamida qotillik jinoyati ochildi

'Kanadada selfi yordamida qotillik jinoyati ochildi'ning rasmi

Kanada huquq-tartibot idorasi xodimlari halok bo`lgan qizning dugonasi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan suratida qotillik qurolini ko`rib qolishdi, deb xabar berdi korrespondent.net nashri.

Qotillikni amalga oshirgan qiz etti yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Saskatun shahar polisiyasi ikki yil mobaynida shahar axlatxonasidan jasadi topilgan 18 yoshli Britni Gargolning qotilini qidirish bilan shug`ullandi.

Britnining dugonasi Shayenn Rouz Entoni qotillik yuz bergan kuni ular barda o`tirib ichganliklarini, keyin Britni begona erkak bilan chiqib ketganligini ma`lum qilgan.

Polisiya qotillikdan keyin Entoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan suratga e`tibor qaratdi. Unda Britni bo`g`ib o`ldirilgan kamar ko`zga tashlangan.

Shundan keyin polisiyachilarda gumonlanuvchining ko`rsatmalariga shubha uyg`ongan. Qizning tanishlaridan biri jinoyatni Shayenn Rouz sodir etganligini o`zi tan olganligini ma`lum qilgan. Aybi isbotlangan jinoyatchi qiz etti yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

    Boshqa yangiliklar