Moskva shahrining Novo-Peredelkino tuman polisiyachilari tanishining uyidagi maymunni o`g`irlab, keyin o`ldirgan erkakni qo`lga oldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Polisiyaga 40 yoshli moskvalik ayoldan ariza kelib tushgan. U o`z arizasida uyiga kelgan mehmonlardan biri mast holda katakda o`tirgan maymunning jig`iga tekkangini, jahli chiqqan maymun erkakni tishlab olganligini, mast erkak esa uy egasini itarib yuborib, katak ichida bo`lgan maymunni olib qochib ketganligini ma`lum qilgan. Kuzatuv kameralari uning maymun bilan pod`ezddan chiqib ketayotganligini videoga olgan.
Erkak maymunni o`lasi qilib kaltaklagan. Polisiyachilar maymunning jasadini erkakning uyi yaqinidan topishgan. Muqaddam bir necha marotaba sudlangan 34 yoshli erkak ayolga 100 ming rubllik moddiy zarar etkazganligi aniqlandi.
Polisiya erkakka nisbatan “bosqinchilik” aybi bilan jinoyat ishi qo`zg`atgan, yana bir “hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo`lish” moddasi yuzasidan ham jinoyat ishi qo`zg`atish masalasi ko`rib chiqilmoqda. Erkak qamoqqa olingan.






