Asli shotlandiyalik bo`lgan Gollivud aktyori Yuen Makgregor 22 yil birga yashagan rafiqasi, postanovkachi-rassom Iv Mavrakis bilan ajrashish uchun sudga ariza berdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Ma`lum bo`lishicha, Makgregor va Mavrakis o`tgan yilning may oyidan beri birga yashamaydi. Ularning 4 nafar farzandi bor. Farzandlarining 2 nafarini asrab olishgan. Ular 22 yil birga yashashgan. Manbaning xabar berishicha, ular “o`zaro kelishmovchilik” tufayli ajrashishga qaror qilishgan.
Makgregor va Mavrakis oilaviy mojarolar bilan shug`ullanuvchi huquqshunoslar bilan maslahatlashishdi. Aktyor farzandlariga aliment to`lashga tayyorligini ma`lum qildi.
46 yoshli Yuen Makgregor kino va seriallarda 80 ortiq rollarni ijro etgan. Shulardan biri “Yulduzlar jangi” dagi Obi-Vana Kenobi obrazidir. “Fargo” serialidagi roli uchun “Oltin globus”ni qo`lga kiritgan.






