20 yanvar, shanba kuni Namangan viloyatidagi barcha ta`lim muassasalari, boshqarma, tashkilot va korxonalarda ish kuni Qozog`istonning Aqto`be viloyatida 18 yanvar kuni yuz bergan avtobus yong`inida halok bo`lgan o`zbekistonliklarni xotirlash va bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Kutilmagan fojia oqibatida yaqinlaridan ayrilib, boshiga musibat tushgan hamyurtlarimizga Yaratgandan sabr-qanoat so`raymiz, ularga chuqur hamdarligimizni izhor etamiz», — deyiladi viloyat hokimligi axborotida.
Namangan shahar hokimligida
Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida
Namangan davlat universitetida
Namangan muhandislik-texnologiya institutida
Namangan muhandislik-qurilish inistitutida
Namangan shahridagi 77-umumta`lim maktabida
Maktabgacha ta`lim muassasalarida













