Endilikda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Xalqaro o`lchamlar tizimiga kiritilmagan o`lchamlarni qo`llashga yo`l qo`yilishi mumkin. Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog`ida kontrakt shartlariga muvofiq o`lchamlarning boshqa birliklarini ham ishlatishga ruxsat berildi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, ilmiy-texnik va boshqa nashrlarda, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida e`lon qilishda, o`quv, o`quv-metodik va turli ma`lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan o`lcham birliklari, ularning nomi va belgilanishi qo`llaniladi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasida qo`llashga ruxsat berilgan Xalqaro o`lchamlar tizimiga kiritilmagan o`lcham birliklari faqat o`lchamning son qiymatini Xalqaro o`lchamlar tizimining o`lcham birliklarida ifodalash imkoni bo`lmagan yoki maqsadga muvofiq bo`lmagan hollarda qo`llanadi.
Unga ko`ra, yassi burchak o`lcham birligining «gradus», «minut», «sekund» belgilari satr ustida yoziladi. Sig`im hajmining birligi «litr»ni L belgisi bilan ifodalash yo`lga qo`yiladi.






