1

Toshkentda O`zbekiston, Xitoy va Qirg`iziston transport idoralari uchrashuvi bo`lib o`tadi

Siyosat 22.01.2018, 10:15
Toshkentda O`zbekiston, Xitoy va Qirg`iziston transport idoralari uchrashuvi bo`lib o`tadi

24–25 yanvar kunlari Toshkent shahrida O`zbekiston, Qirg`iziston va Xitoy hukumatlari o`rtasida 1998 yil 19 fevralda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovlari to`g`risidagi bitimni amalga oshirish bo`yicha uch tomonlama majlis bo`lib o`tadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Xitoy Transport vazirligi, Qirg`iziston Transport va yo`llar vazirligi hamda O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi delegasiyalari ishtirok etadi.

Ushbu tadbir oldidan xalqaro avtomobil tashuv masalalari bo`yicha O`zbekiston – Qirg`iziston va O`zbekiston – Xitoy ikki tomonlama majlislarini o`tkazish rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1