1

O`zbekistondagi eng yuqori ko`rsatkichlar: og`ir vaznli chaqaloq, 9 nafar farzandli ona va ommaviy ismlar

Jamiyat 22.01.2018, 11:35
O`zbekistondagi eng yuqori ko`rsatkichlar: og`ir vaznli chaqaloq, 9 nafar farzandli ona va ommaviy ismlar

O`zbekiston Adliya vazirligining 2017 yil yakunlari bo`yicha FHDYo sohasida tahliliy natijalar e`lon qildi.

Unga ko`ra, o`tgan yilda respublika bo`yicha tug`ilgan eng og`ir chaqaloq vazni 9,870 kg bo`lgan qiz bola, eng uzun bo`yli chaqaloq esa – 70 smli o`g`il bola bo`lgan.

Eng ko`p farzandli ona – Jizzax viloyatining G`allaorol tumanida 9chi farzandni dunyoga keltirgan.

Chaqaloqlarga qo`yilgan eng ommaviy ismlar – Madina – 5678 qiz bola va Azizbek – 5674 o`g`il bola.

O`zbekistonda 2017 yilda 14382 nafar egizak tug`ilgan. Bu umumiy tug`ilishlarning 1,9 %ni tashkil qiladi.

Shuningdek, yil davomida O`zbekistonda 138 oilada uch egizak va bir Andijon viloyatining shahriston tumanida bir oilada to`rt egizak tug`ilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1