AsosiyDunyo

65 ming kishi kuchli shamol tufayli elektr energiyasiz qoldi

'65 ming kishi kuchli shamol tufayli elektr energiyasiz qoldi'ning rasmi

Kanadaning Britaniya Kolumbiya provinsiyasida yuzaga kelgan noqulay ob-havo 65 mingga yaqin kishini elektr energiyasidan mahrum qildi, deya xabar bermoqda vesti.ru.

Kuchli shamol elektr uzatish tizimining uzilishiga olib kelgan. Bundan hududning janubiy qismidagi aholi, ayniqsa, Vankuver orolida yashovchilar jabr ko`rdi. Ayni paytda elektr energiyasini uzatishni tiklash ishlari olib borilmoqda, lekin bu jarayon qachon yakunlanishi ma`lum emas.

Kanada provinsiyasining bu hududida shamolning tezligi soniyasiga 22 metrga etdi, deya xabar berdi Milliy meteorbyuro.

    Boshqa yangiliklar