1

Namanganda yo`l kira oshdi. Sababi nimada?

Jamiyat 22.01.2018, 13:59
Namanganda yo`l kira oshdi. Sababi nimada?

Namangan viloyatida 2018 yil 8 yanvardan boshlab yo`l haqi 1 kilometr masofa uchun avtobuslarga 70 so`m, yo`nalishli taksilarga 80 so`m etib belgilandi, deya xabar qildi O`zA.

Viloyatda shahar atrofi va viloyat ichi-shaharlararo yo`nalishlarida yo`lovchi tashish tariflari oxirgi marta 2014 yil 5 avgustda belgilangan bo`lib, 1 kilometr masofaga avtobuslarda 45 so`mni, yo`nalishli taksilarda 60 so`mni tashkil qilar edi.

Shahar atrofi va viloyat ichi-shaharlararo yo`lovchi tashish yo`nalishlarini joylashtirish bo`yicha tenderlarni tashkil etish va o`tkazish komissiyasining Namanganda o`tkazilgan yig`ilishida ma`lum qilinishicha, hozirgi kunda yo`lovchi tashish transporti parki asosan siqilgan tabiiy gazga moslashtirilgan bo`lib, 2014 yildan beri ushbu yonilg`ining bir 1 kubometri narxi 950 so`mdan 1700 so`mga oshdi.

O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi axborot xizmatining xabariga ko`ra, 2017 yil sentyabr oyidan erkin valyuta konvertasiyasi joriy etilgani munosabati bilan transport vositalarining chetdan olib kelinadigan ehtiyot qismlari qimmatlashgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1