1

Ichki ishlar vazirligi soxta xabarnomalardan ogohlantirdi

Jamiyat 22.01.2018, 14:01
Ichki ishlar vazirligi soxta xabarnomalardan ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI OGOHLANTIRADI!” sarlavhasi bilan tarqatilayotgan e`lon ko`rinishidagi, bir qancha imlo xatoliklarga ega matn O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlanmagan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, vazirlik tomonidan soxta matnni tarqatayotgan shaxslarni aniqlash yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida matnni tayyorlagan va tarqatgan shaxs xorijdan turib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgani aniqlandi.

Hozirgi kunda soxta matnlarni tarqatish bilan shug`ullanayotgan boshqa ijtimoiy manbalar ham o`rganilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1