Afg`oniston poytaxti Qobul shahrida joylashgan besh yulduzli Intercontinental mehmonxonasiga terrorchilar hujum qilishi oqibatida 18 kishi halok bo`ldi, deb xabar qildi Lenta.ru nashri.
Ba`zi bir manbalarning xabar berishicha, teraktda 43 kishi halok bo`lgan. 20 yanvar kuni qurolli terrorchilar mehmonxonaga hujum uyushtirdi. Ularga qarshi hujum 17 soat davom etdi. Kechasi bilan mehmonxonadan otishma va portlash ovozlari eshitilib turdi. Mamlakat ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, hujum qilgan terrorchilar 6 kishi bo`lgan. Hodisa yuzasidan mas`uliyatni “Tolibon” harakati o`z bo`yniga oldi.
Terakt vaqtida mehmonxonada axborot texnologiyalariga bag`ishlangan anjuman va ikkita to`y marosimi o`tkazilayotgan bo`lgan. Mehmonxona qo`riqchilari 129 kishini, shu jumladan 41 nafar chet el fuqarolarini evakuasiya qilishga muvaffaq bo`lishgan.
Bu mazkur mehmonxonadagi ilk terakt emas. 2011 yilda bo`lgan hujumda 12 kishi halok bo`lgan edi.






