O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi huzurida “O`rmontexnoservis” davlat unitar korxonasi tuzilishi ko`zda tutilmoqda. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`rmon xo`jaligida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini takomillashtirish to`g`risida”gi qarori loyihasida keltirilgan.
Loyihaga ko`ra, o`rmon xo`jaligini yuritish amaliyotiga fan yutuqlari va ilg`or tajribani, shu jumladan dronlar bilan ishlash tizimini amaliyotga tatbiq etish, O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasining axborot xizmatini amalga oshirish, shu jumladan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashni yanada takomillashtirish, O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi tizimida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tizimli monitoring qilish “O`rmontexnoservis”ning asosiy vazifalari sifatida taklif etilmoqda.






