AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan Chevrolet Orlando ishlab chiqarishni to`xtatmoqda

'GM Uzbekistan Chevrolet Orlando ishlab chiqarishni to`xtatmoqda'ning rasmi

«General Motors» kompaniyasining modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq, «Chevrolet Orlando» avtomobilini «GM Uzbekistan» AJ ishlab chiqarish quvvatlarida yig`ish 2018 yilning birinchi choragida yakunlanadi. Bu haqda kompaniya mabtuot xizmati ma`lum qildi.

Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni etkazib berish bo`yicha shartnomalarga arzilarni ro`yxatdan o`tkazish to`xtatildi.

“GM Uzbekistan” AJ dillerlik korxonalari bilan birgalikda "Chevrolet Orlando" rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun iste`molchilar oldida o`zining majburiyatlarini o`z vaqtida bajarilishini hamda shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda avtomobilni to`liq etkazib berilishini ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar