1

O`zbekistonda xususiy samoletlar sotib olish mumkin bo`ladimi?

Jamiyat 22.01.2018, 14:52
O`zbekistonda xususiy samoletlar sotib olish mumkin bo`ladimi?

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi mutaxassislari hamda Arcos Jet va Bombardier Business Aircraft kompaniyalarining vakillari ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Tadbir doirasida hamkorlik aloqalari muhokama etildi va Bombardier samolyotining Toshkent uzra parvozi namoyish etildi, uchrashuv ishtirokchilari uning texnik xarakteristikalari va aviasion imkoniyatlari bilan tanishdilar, deb xabar qiladi milliy aviakompaniya matbuot xizmati.

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Toshkent-Sharqiy” aerodromi loyihasi bilan tanishish jarayonida O`zbekistonda biznes-aviasiyani rivojlantirish muhimligini alohida ta`kidlagan edi.

Arcos Jet va Bombardier Business Aircraft kompaniyalari vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuv O`zbekiston Milliy aviakompaniyasi tomonidan yangi imkoniyatlarni ochadigan va tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratadigan biznes-aviasiyani rivojlantirish masalasiga alohida e`tibor qaratilayotganining amaldagi tasdig`i bo`ldi. Loyiha yurtimizdagi va xorijiy tadbirkorlarga mahsulotlarini tashqi bozorga olib chiqish va yangi biznes hamkorlarni topish masalalarini tezroq hal qilish imkonini beradi.

— Yurtingizga ilk bora kelishimiz va O`zbekiston Milliy aviakompaniyasi bizni taklif etganidan behad mamnunmiz, — deya ta`kidladi Bombardier Business Aircraft kompaniyasining Sharqiy Evropa, Rossiya va MDH davlatlari bo`yicha mintaqaviy vise-prezidenti Valeriya Kolyuchaya. — O`ylaymanki, biznes-aviasiyani rivojlantirish borasidagi hamkorlik aloqalarimiz yaqin istiqbolda o`zining ijobiy natijalarini beradi. Faoliyatimiz asosan, samolyotlar oldi-sotdisi bilan bog`liq bo`lsa-da, biznes-aviasiyasi bozorining boshqa – havo kemalariga texnik xizmat ko`rsatish, ekipaj a`zolarini tayyorlash va ularni huquqiy jihatdan muhofazalash, shunigdek samolyotni sotish yoki ijaraga berish jarayonida yuzaga keladigan lizing, sug`urtalash, moliyalashtirish, taxminiy narxni oldindan belgilash kabi turlarini ham muvaffaqiyatli o`zlashtirishga erishganmiz.

— Bu O`zbekiston aviakompaniyasi bilan birinchi ish tajribamiz, biz buni kelgusidagi hamkorlikning poydevori bo`lishiga, mintaqadagi biznes-aviasiyasining barqaror rivojlanishiga xizmat qilishiga ishonamiz, — dedi Arcos Jet boshqaruvchi hamkori Mixail Alyonkin. — Hamma erda bunday servisga talab bor va u o`z istiqboliga ega. O`z navbatida biz o`zbekistonlik hamkasblarimizga havo kemalarini etkazib berish va xarid qilishdan tortib, ularni ekspluatasiya qilish va tijorat yuklamasiga qadar bo`lgan yangi imkoniyatlarni taklif qilamiz.

Ishbilarmon doiradagi uchrashuv davomida Bombardier samolyotining taqdimoti o`tkazildi. Uchrashuv ishtirokchilari uning texnik xarakteristikalari va aviasion imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Muzokaralar natijasida MAK va biznez-hamkorlarning o`zaro harakatlari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash haqida kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1