AsosiyDunyo

Qozog`istonda 40 daraja sovuq tufayli maktablardagi darslar bekor qilindi

'Qozog`istonda 40 daraja sovuq tufayli maktablardagi darslar bekor qilindi'ning rasmi

Qozog`istonning qator viloyatlarida juda kuchli sovuq harorat tufayli 22 yanvar kuni maktablardagi darslar bekor qilindi. Bu haqda Tengrinews.kz. ma`lum qildi.

Xususan, Pavlodardagi maktablarda 1-11-sinflar, shuningdek, shahar kollejlarida tahsil olayotgan birinchi bosqichdagi talabalar uchun mashg`ulotlar bekor qilindi. Bundan tashqari, Pavlodar viloyatidagi barcha maktablar va kollejlarning birinchi bosqichlarida darslar o`tkazilmadi.

Mintaqada havo harorati 40 daraja sovuqqa tushdi. Viloyatda kuchli sovuq tufayli 22-26 yanvar kunlari po`rtana haqida ogohlantirish e`lon qilindi. Mintaqada barcha yo`nalishlar bo`yicha yo`llar yopib qo`yilgan.

Shimoliy-Qozog`iston viloyatida 22 yanvar kuni 1-11-sinflar o`quvchilari uchun maktablardagi darslar bekor bo`ldi. Mahalliy favqulodda vaziyatlar departamentidan xabar qilishlaricha, dushanba kuni viloyat hududida 30 daraja sovuq bo`lishi kutilgan.

Aqmolinsk viloyatidagi maktablarda ham 22 yanvar kuni kuchli sovuq tufayli 1-11-sinflardagi mashg`ulotlar bekor qilindi.

Ostonada maktablarning 1-11-sinf o`quvchilari va kollejlarning birinchi smenadagi 1-2 bosqichlari talabalariga javob berilgan.

Ko`stanayda birinchi smenadagi 9-sinfgacha bo`lgan o`quvchilarga ruxsat berildi, deb xabar qilmoqda "Alau".

Semeeda ob-havo sharoiti tufayli barcha maktab o`quvchilari va birinchi bosqich talabalarining darslari bekor qilindi. 22 yanvar kuni shahardagi harorat 34 daraja sovuqni tashkil etdi.

Ust-Kamenogorskda birinchi smenadagi 1-9-sinf o`quvchilari uchun mashg`ulotlar bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar