1

BUGUNingizdan mamnun yashang!

Mutolaa 22.01.2018, 16:19
BUGUNingizdan mamnun yashang!

Vaqt o`tib boryapti. Yoshimiz ulg`aymoqda. Qarashlarimiz o`zgargan. O`TMIShdan xulosa chiqarish, BUGUNni munosib yashab o`tish, KELAJAK uchun rejalar qurishni o`rgandik, o`rganyapmiz va o`rganishda davom etaveramiz...

Hayot falsafasi

Falsafa fanidan dars o`tayotgan professor auditoriyaga qo`lida stakan ko`tarib kirib keldi. U hamma ko`rishi uchun stakanni balandroq ko`tardi.
— Buning og`irligini biladiganlar bormi? — so`radi.
«50 mg!..» «100 mg!..» «125 mg!..» degan javoblar yangradi.
— O`lchamasdan turib, buni aniq aytish qiyin. Lekin mening savolim shunday: agar buni bir daqiqa ko`tarib tursam, nima bo`ladi?
— Hech nima! — talabalardan biri javob berdi.
— Yaxshi. Agar bir soat ko`tarib tursam-chi? — yana so`radi professor.

— Qo`lingiz og`riydi, dedi bir talaba.

— To`ppa-to`g`ri! Agar bir kun shu ko`yi tursam nima bo`ladi?
— Qo`lingiz uvushib, hech narsani sezmaydi, muskullaringiz toliqib, joningizni azoblaydi. Keyin sizni shifoxonaga olib ketishadi.

Talaba qizning kuyinchaklik bilan qaytargan javobi auditoriyaning kulgisiga sabab bo`ldi.
— To`g`ri, ayting-chi, bu stakanni uzoq ko`tarib turganimda uning vazni ortadimi? Tanim shuning uchun azoblanadimi?

Auditoriya bir ovozda «yo`q» deya javob qaytardi.
— Bu azobdan xalos bo`lishim uchun nima qilishim lozim?
— Idishni erga qo`ying!
— To`ppa-to`g`ri! Unutmang, hayotdagi muammo, tashvishlar ham shunga o`xshaydi: qancha uzoq ko`tarib yursang, ular seni shunchalar ko`p qiynoqqa soladi, — fikrini yakunladi professor.


Va
qt qadri

Ancha yillar ilgari, bolaligimda otam nimadir ish qilayotganida uning yonida o`tirishni yaxshi ko`rardim. Ayniqsa, otamning biror nimani ushlab turishimni so`ragani men uchun sharafli yumush edi. Shu taxlit ota-qiz miriqib suhbatlashardik, otam uchun qiziqishlarim, fikrlarim juda qiziq edi. U otalar berishi mumkin bo`lgan eng katta sovg`a — e`tiborni farzandlariga sovg`a qilardi. Otam ishdan keyingi vaqtini ham oilasiga bag`ishlar, dam olish kunlari tengqurlari bilan ulfatchiliklarga bormasdan vaqtini biz bilan o`tkazardi.
Vaqt shamolday elib o`tib, birzumda o`sib-ulg`aydim va o`qish istagida boshqa shaharga ketdim. Otam doimo biror bahona topib dam olish kunlari meni uyga chaqirish, soatlab suhbatlashish payida bo`lar edi.
Turmush o`rtog`im bilan uy-joy sotib olgan yilimiz otam uyni o`zi bo`yab berishini aytib, biznikiga mehmonga keldi. U yoz oftobining jazirama tig`i ostida uch kun mehnat qildi. Har zamonda mendan bo`yoq yoki cho`tkani ushlab turishimni so`rardi. Uning men bilan juda-juda gaplashgisi kelayotganini h
is qilardim, ammo uy-ro`zg`or, bola-chaqa, boshqa tashvishlar bilan band bo`lib, otam uchun vaqt ajrata olmaganman.
Bundan to`rt yil ilgari mehmonga kelgan otam qizim uchun arg`imchoq yasayotganida h
am sayohatga ketishga chog`lanayotganim uchun, bemalol o`tirib gaplasha olganim yo`q.
Ha, yoshi o`tib borayotgan ota uchun qizidan bo`lak azizroq inson yo`q
ligini anglamagan ekanman!
Otamning tavallud kunida unga qo`ng`iroq qilganimda esa uning so`nggi suhbatlarimizni eslay olmayotgani ma`lum bo`ldi. To`satdan ko`z oldim qorong`ilashdi, shundagina qadrdonimning keksayib qolgani, bizni bog`lab turgan vaqt poyoniga etib borayotganini his qildim. Ko`p o`tmasdan shifoxonadan qo`ng`iroq bo`ldi. Anchadan buyon bosh qon tomir kengayishidan azob chekib yurgan otamning ahvoli og`irlashib qolganini aytishdi. Parvoz mahali otam bilan suhbatlashishim mumkin bo`lgan baxtli damlarni o`tkazib yuborganim uchun ich-ichimdan o`zimni ayblar edim.
Shifoxonaga kelganimda otam hushsiz yotardi. Shunday bo`lsa ham, uning mehr to`la yuzida dilbandiga bo`lgan sog`inch zohir edi. Mehribonim bilan uzoq-uzoq gaplashgim kelardi. Biroq
, bu gal otamning vaqti yo`q
Otam olamdan o`tgach uni yaxshiroq tushuna boshladim. U mendan so`ragan bor-yo`q narsa, bu mening vaqtim edi. Ha, azizlarim, toki vaqtingiz bor ekan, toki imkon bor ekan, mehribonlaringizdan xabar oling!

Ingliz tilidan Shuhrat SATTOROV tarjimasi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1