Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo`lmagan fuqarolar uchun asossiz spekulyasiyaning oldini olish choralarini ko`rgan holda ikkilamchi bozordan ko`chmas mulk sotib olishga bo`lgan cheklovlar bekor qilinadi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.
Bu O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan bugun qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida ko`rsatilgan.
Hujjatga ko`ra, shuningdek, O`zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida vaqtincha propiskasiz (yashash joyi bo`yicha hisobga turmasdan) bo`lish muddati uzaytiriladi.






