Kecha, 22 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” Davlat dasturiga muvofiq, vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo`lmagan yoxud turar joyi bo`yicha hisobda turmagan fuqarolarni ishga olishga oid taqiq bekor qilinishi belgilandi.
Endlikda O`zbekiston fuqarolari mamlakatimizning istalgan hududida, ayniqsa, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ishga joylashishda hech qanday cheklovlarsiz o`z salohiyatini ro`yobga chiqarish imkoniga ega bo`ladi. Istiqbolli kadrlar qaerda doimiy yoki vaqtincha propiska qilingani, turar joyi bo`yicha hisobda turganidan qat`i nazar, poytaxt mintaqasida mehnat qila oladilar.
O`z navbatida, ish beruvchilar vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo`lmagan yoxud turar joyi bo`yicha hisobdan o`tmagan fuqarolarni ishga olganliklari uchun javobgarlikdan ozod etiladi.