23 yanvar, seshanba kuni tongda Namangan xalqaro aeroportiga Aqto`beda halok bo`lganlarning tobuti ortilgan FVV samolyoti kelib qo`ndi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Samolyotda fojia qurboni bo`lgan vodiyliklarning jasadi keltirildi. Ulardan 31 nafari Namangan, 16 nafari Farg`ona va 2 nafari Andijon viloyati fuqarolari. Aeroportda uch viloyat hokimlari, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari hozir bo`ldi. U erdan nari tobutlar viloyatlarga olib ketildi.
Foto: «Daryo»
Tobutlar avval qurbonlarning oilalariga etkazildi. Vidolashuvdan so`ng janoza namozlari o`qildi. Namozlar ayrim joylarda masjidlarda, boshqa joylarda qabristonlarda ado etildi.
Foto: «Daryo»
Shundan so`ng marhumlar qabristonlarga qo`yildi. Ulamolar ularning haqiga duo qildi. Hozirda marhumlarning xonadonlariga ta`ziya bildiruvchilar oqimi kelib turibdi.
Foto: «Daryo»