Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi iqtisodiyot kasb-hunar kollejida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida Namangan shahri hamda Kosonsoy tumanida faoliyat ko`rsatayotgan 90 korxona va tashkilot 750 bo`sh ish o`rni bilan qatnashdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Viloyat bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Namangan shahar va Kosonsoy tumani hokimliklari, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida o`tkazilgan tadbirda 80 nafar ishsiz fuqaro va kasb-hunar kolleji bitiruvchisiga ishga joylashish uchun yo`llanma berildi.
Chet davlatlarda ishlash istagini bildirgan 61 kishi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi Namangan viloyati filiali tomonidan ro`yxatga olindi.
Shuningdek, yarmarka ishtirokchilariga mehnat qonunchiligi, ijtimoiy muhofazaga doir huquqiy maslahatlar berildi.






