AsosiyJamiyat

Tuman va shaharlarda Xalq qabulxonalarining yangi binolari quriladi

'Tuman va shaharlarda Xalq qabulxonalarining yangi binolari quriladi'ning rasmi

Davlat dasturiga asosan 2018-2020 yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida tasdiqlangan namunaviy loyihalarga asosan tuman va shaharlarda Davlat xizmatlari markazlari – Xalq qabulxonalarining yangi binolari quriladi.

Adliya vazirligining telegramdagi Huquqiy axborot kanalida ma`lumot berilishicha, bunda:

ona va bola xonalari, nogironligi bo`lgan shaxslar uchun qulay muhit, avtomobil to`xtash joylari, o`ziga o`zi xizmat ko`rsatish burchaklari nazarda tutiladi;

davlat xizmatlari markazlarini infokiosklar bilan ta`minlash, ularda elektron navbat tizimi va masofadan turib videokuzatuv tizimini joriy etiladi;

davlat xizmatlarini aloqa vositalaridagi mobil ilovalar orqali ko`rsatish imkoniyatini yaratish, aholi bilan qayta aloqaning samarali vositalari amalga kiritiladi;

olis hududlarda yashovchi aholiga mobil davlat xizmatlari markazlari (maxsus avtotransport vositalari) orqali davlat xizmatlarini ko`rsatish amaliyotini joriy etish nazarda tutiladi.

Ko`rsatiladigan davlat xizmatlari tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi Davlat xizmatlari yagona reestrini shakllantiriladi. Reestrga kiritilmagan davlat xizmatlarini ko`rsatish taqiqlanadi.

2018 yilda Davlat xizmatlari markazlarida “yagona darcha” tamoyili asosida qo`shimcha ravishda yuridik shaxslarga 40 turdagi, jismoniy shaxslarga 19 turdagi davlat xizmatlarini ko`rsatish tartibini joriy etiladi.

    Boshqa yangiliklar