AsosiyJamiyat

24 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

'24 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 24 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-3, kunduzi 11-13 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, Ustyurt bo`ylab kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq, cho`l hududlari bo`ylab kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar