Poytaxtning diqqatga sazovor tarixiy arxitektura inshootlaridan biri to`liq buzib tashlandi. Ayni vaqtda Kinochilar uyi va «O`zbekkino» hududini tozlash ishlari olib borilmoqda.
1982 yilda foydalanishga topshirilgan Kinochilar uyi binosida Osiyo,
Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari kinofestivallari bo`lib o`tgan.
Eslatib
o`tamiz, mazkur inshoot joylashgan Islom Karimov (sobiq O`zbekiston) shoh ko`chasi
Tashkent City ishbilarmonlik markazi bunyod etiladigan hudud tarkibiga
kirgizilgan. Binoni to`liq buzib tashlash uchun deyarli ikki oy vaqt kerak bo`ldi.


Kinochilar uyining oldingi ko`rinishi:







