Shimoliy Koreya yaqin kunlarda AQSh hududiga yadroviy zarba berish ehtimoli bo`lgan muddat ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Bu haqda MRB boshlig`i Mayk Pompeo CBS News telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.
Pxenyanning AQShga yadro zarbasi berish haqidagi tahdidlari haqida Pompeo “bu bir necha oyda hal bo`ladigan masala” ekanligini bildirdi.
“AQSh hukumati mazkur muddatni uzaytirish uchun bor kuch-quvvatini ayamaydi. Bundan tashvishga tushmang. Ayni paytda MRB tomondan bir yil ilgari bajarilmagan ishlar amalga oshirilib, yashirin operasiyalar o`tkazilmoqda”, dedi u.
18 yanvar kuni amerikalik ekspertlar Shimoliy Koreyaning yadroviy arsenallari hisob-kitobini qildi. Analitiklar bergan ma`lumotga ko`ra, Pxenyan 20 ta zarba berishga tayyor bo`lgan yadro quvvatiga ega. Shu bilan birga KXDR yana 60 ga yaqin yadro quroli ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
1 yanvar kuni KXDR rahbari Kim Chen In mamlakat milliy yadro kuchlari yaratilganligini, “Yadro tugmachasi ish stolimga joylashtirilgan” deb ma`lum qilgan edi.






