“Arsenal” futbol klubining yarim himoyachisi Santi Kasorla oyoq paylarini o`ninchi marta operasiya qildirdi. Bu haqda Lenta.ru xabar bermoqda.
Futbolchining so`zlariga qaraganda, uning paylarini infeksiya emirib tashlagan.
“Shunday damlar ham bo`ldiki, hammasiga qo`l siltab, iste`foga chiqmoqchi ham bo`ldim. Ammo keyin bu fikrimdan qaytdim. Agar hammasi ko`ngildagidek kechsa, yanagi yili yuqori darajada to`p surishim mumkin. oxirgi operasiyani etti hafta oldin qilishgandi. Avvaliga oyoq terimning ahvoli yomonlashdi. Teri ko`chirib o`tkazishga to`g`ri keldi. Keyin payimni infeksiya emira boshladi”, – deydi Kasorla.
Yarim himoyachi o`tgan yili noyabrda bergan intervyusida oyog`ini kesib tashlashlari mumkinligini aytgandi. Gap shundaki, Kasorlaning qoniga infeksiya tushib, qorason boshlangandi. Biroq o`z vaqtida qilingan dori-darmonlar ispaniyalik fulbolchining oyoqlarini saqlab qoldi.